So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

24 apr 18:44
Yangiliklar

Kurash

Yangihayot tuman prokurori sovrini uchun kurash musobaqasi bo'lib o'tdi FOTOREPORTAJ

Keyingi paytlarda poytaxtimizda milliy sportimiz kurash ommaviyligini oshirish, istedodli yoshlarni kashf etish yo'lida talaygina ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar prokurori, shahar kurash federaciyasi raisi Ulug'bek Qosimov tashabbusi bilan yangi to'garaklar ochilib, zamonaviy kurash gilamlari va yaktaklar bilan taminlanmoqda. 

Jumladan, federaciya tomonidan yillik taqvim reja tuzilib, har bir tumanda mahallalar kurashchilari o'rtasida “Polvonlari ko'p yurt qudratli bo'lur” shiori ostida tuman prokurorlari sovrini uchun turnirlar uyushtirilmoqda. 

Navbatdagi musobaqa bolalar, o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasida Yangihayot tumani prokurori sovrini uchun bo'lib o'tdi.

Musobaqada 2012-2013 yillar tug'ilgan bolalar (30 kg, 36 kg), 2008-2009 yillarda tug'ilgan o'smirlar (50 kg, 60 kg), 2005-2006 yillarda tug'ilgan yoshlar (55 kg, 71 kg) hamda kattalar (73 kg, 90 kg) g'oliblik uchun gilamga chiqdi.

Ikki yuz nafarga yaqin kurashchi ishtirok etgan bahslar yakunida o'z vazn toifalari Jahongir Qodirov (30 kg), Muhammaddiyor Xolmirzaev (36 kg), Lutfullo Akbarov (50 kg), Bunyod Jabborov (55 kg), Bekjahon Murodullaev (60 kg), Jasur SHakarboev (71 kg), Qobil Ahmedov (73 kg), Ahror Ziyodullaev (90 kg)larga teng keladigani topilmadi.

Toshkent shahar prokurori o'rinbosari Elbek Inomjonov, shahar Majburiy ijro byurosi boshlig'i Orif Bozorov, tuman sektor rahbarlari g'olib va sovrindorlarni medal, diplom, qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirladi.

Bungacha ana shunday nufuzli musobaqalar poytaxtimizning CHilonzor, Sergeli, Yashnobod, SHayxontohur tumanlari prokurori sovrini uchun o'tkazilgandi. Kurash bo'yicha “Polvonlari ko'p yurt qudratli bo'lur” shiori ostida Yangihayot tumani prokurori sovrini uchun o'tkazilgan musobaqaning barcha g'olib va sovrindorlari bilan tanishing:

2012-2013 yillar tug'ilgan bolalar o'rtasida

30 kg

1. Kodirov Jaxongir; 

2. Toshturdiev Ramziddin;

3. Maxammadiev Ramziddin; 

3. Xazratkulov Dilbek.


36 kg

1. Xolmirzaev Muhammaddiyor;

2. Murodullaev Jasur;

3. Yangiboev  Jamshid;

3. Saydullaev Abdulloh.

2008-2009 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida

50 kg

1. Akbarov Lutfullo;

2. Jumanazarov Umarbek;

3. SHavkatov Ovulbek;

3. Isroilov Boburbek;


55 kg

1. Jabborov Bunyod;

2. Rajabov Sulaymon;

3. Qo'chqorov Samariddin; 

3. Tog'aev Azizbek.

2005-2006 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasida

60 kg

1. Murodullaev Bekjahon;

2. Jo'raxonov Temur;

3. Eshnazarov Alisher;

3. Rustambekov Eldorbek.


71 kg

1. SHakarboev Jasur;

2. Xurramov Javohir; 

3. Ashurov SHahriyor; 

3. Niyozov Behzod.

Kattalar o'rtasida

73 kg

1. Ahmedov Qobil;

2. Safarov Javohir; 

3. CHo'tboev Yigitali;

3. Xasanov Otabek.


90 kg

1. Ziyodullaev Ahror;

2. Xurramov Eshnazar;

3. Rajabov Lutfullo; 

3. Xurramov Sardor.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing