So’nggi yangiliklar

19:21Пойтахтимизда IBA Nomad турнири ўтказилади (ПОСТЕР) 0 18:54"Андижон" футболчиси РПЛга йўл олмоқда 0 18:33Lausanne Grand Slam. Самариддин ва Сўғдиёна финал блокида бронза медали учун татамига чиқади 0 17:52Тошкент Осиё Паралимпия қўмитаси Бош ассамблеясига мезбонлик қилади 0 17:09Стол тенниси бўйича терма жамоамизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:30Тьерри Анри УЕФА президенти мукофотига сазовор бўлди 0 15:56Акбар Исломбоевнинг жанги co main event мақомида ўтади 0 15:03Мария Тимофеева US Open туфайли Монтеррей турниридаги иштирокини якунлади 0 14:33Нурмагомедов ўз вазнида! UFC Shanghai турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:00УЕФА Инфантинога қарши жиноий иш қўзғатишга тайёрланмоқда 0 13:18Хитой 2027 йилги «Формула-1» мавсумини очиб бериши мумкин 0 12:30Жалгас Жумагулов Ўзбекистонда жанг қилади 0 11:53Волкановски UFC 333 олдидан Евлоевни огоҳлантирди 0 11:01Озарбайжон Президенти "Сабаҳ"га катта миқдорда пул ажратди 0 10:22Бивол ва Смит чемпионлик жанги санаси ҳамда жойини келишиб олди 0

13 iyu 10:07
Yangiliklar

Tennis

Yangilangan WTA reytingida O'zbekistonning birinchi raketkasi o'zgarishiga bir bahya qoldi

Bugun Xalqaro ayol tennischilar Associaciyasi (WTA) professional tennischilarning yangi haftalik reytingini elon qildi.

Ikki haftalik Uimbldon turniri yakunlari asnosida tuzib chiqilgan yangilangan reytingda tennischilarimizning uch nafari yuqorilashga muvaffaq bo'ldi. Ikkinchi raketkamiz Mariya Timofeeva 16 pog'onaga ko'tarilib, 79-o'ringa joylashdi. Birinchi raqamli tennis malikamiz Kamilla Rahimova esa 8 pog'onaga pastlab, 78-o'ringa tushib qoldi. Bu bilan birinchi va ikkinchi raketkalarimizni bir pog'ona ajratib turibdi. Ularning bugungi haftadagi ishtirokidan so'ng O'zbekistonning birinchi raketkasi o'zgarishi mumkin. 

Uchinchi raketkamiz Polina Kudermetova 4, to'rtinchi raqamli tennischimiz Layma Vladson 57 o'ringa yuqoriladi. Qolgan tennischi-qizlarimiz reytingda pastlashdi. Sevil Yuldasheva 4, Milana Maslenkova 77, Vlada Yakshibarova 5 pog'onaga pastladi. 

Dunyo tennischilarining Top-10`taligida ham bir nechta o'zgarish kuzatildi. Uimbldon-2026 g'olibasi chexiyalik Linda Noskova 12-pog'onadan 7-o'ringa ko'tarilib oldi. Finalda aynan vatandoshiga yutqazgan Karolina Muxova 9-pog'onadan 6-o'ringa yuqoriladi. Amerikalik Kori Gauff 3 o'ringa ko'tarilgan bo'lsa, polshalik Iga Svyontek aksincha, 3-o'rindan 8-pog'onaga tushib ketdi. Amanda Anisimova 3, Elina Svitolina 2 o'rin yo'qotdi.   

Belaruslik Arina Sobolenko hamon reyting peshqadami bo'lib turibdi. Ikkinchi o'rindan joy olgan qozog'istonlik Elena Ribakina deyarli karvonboshiga etib oldi. Bir pog'onaga yuqorilagan amerikalik Jessika Pegula dunyoning uchinchi raketkasiga aylandi. 


WTA reytingi. 13 iyul kungi holat:

1 (1). Arina Sobolenko (Belarus) — 8550;

2 (2). Elena Ribakina (Qozog'iston) — 8143;

3 (4). Jessika Pegula (AQSH) — 6301;

4 (7). Kori Gauff (AQSH) — 5649;

5 (5). Mirra Andreeva (Rossiya) — 5293;

6 (9). Karolina Muxova (CHexiya) — 5168;

7 (12). Linda Noskova (CHexiya) — 5119;

8 (3). Iga Svyontek (Polsha) — 4539;

9 (6). Amanda Anisimova (AQSH) — 4353;

10 (8). Elina Svitolina (Ukraina) — 4351…


O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:

78 (70). Kamilla Rahimova – 906

79 (95). Mariya Timofeeva – 897

109 (113). Polina Kudermetova – 708

793 (850). Layma Vladson – 43

979 (975). Sevil Yuldasheva – 24

1179 (1102). Milana Maslenkova – 12 

1212 (1207). Vlada Yakshibarova – 11 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing