25 okt 09:42
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/21412_220.jpg)
Yaxshi xabar. G'oibnazarovning murabbiyi endi sobiq jahon chempioniga ustozlik qiladi
Hamyurtimiz Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G'oibnazarovning murabbiyi Abror Tursunpo'latov endi rossiyalik sobiq jahon chempioni Sergey Kovalevga ustozlik qiladi.
34 yoshli Kovalev 25 noyabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida ukrainalik 30 yoshli Vyacheslav SHabranskiyga qarshi ringga ko'tariladi.
“O'quv-mashg'ulot yig'inining birinchi bosqichini Aleksandr Sedov qo'l ostida o'tkazdim. Ikkinchi bosqich mashg'ulotlarini esa o'zbekistonlik tajribali murabbiy Abror Tursunpo'latov bilan birga olib boramiz.
Bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Til masalasida hech qanday muammo yo'q. Nimalar ustida ishlashimiz kerakligini bilamiz. O'ylaymanki, hamkorlikdagi ishimiz o'z mevasini beradi”, - dedi Kovalev.
![](https://olamsport.com/upload/storage/21411_680.jpg)
Havola :
Fikrlar