So’nggi yangiliklar

21:57Двалишвили Нурмагомедовга "ответ" қилди: "Сизлар майда одамсизлар" 0 21:29"Милан" 4 футболчисини трансферга қўяди 0 20:55"Туран жангчиси" UFC`дан четлатилди 0 20:22Ислам Махачевга Конорга қарши бокс жанги таклиф қилинди 0 19:58Кудерметова Cincinnati Open саралаши финалига йўл олди 0 19:33Маркиньос ПСЖ билан 40-совринини қўлга киритди 0 19:00Тошкент мезбонлик қиладиган World Boxing Жаҳон кубоги финал турнирининг саналари ўзгарди 0 18:08Астана Челленжери. Сергей Фомин ҳам ғалабали юришини давом эттирмоқда 0 17:30Қозоғистон президенти Шавкат Раҳмоновнинг отаси вафотига муносабат билдирди 0 16:46“Барселона” вингери операция қилинди 0 16:04ИНТЕРВЬЮ. UFC собиқ жангчиси Маҳмуд Мурадов билан суҳбат 0 15:28Цветков ва Ростовцев Будапештдаги турнирда 3 та медални қўлга киритишди 0 14:50Бунақаси биринчи марта: Дана Уайтнинг ёрдамчиси Dana White’s Contender Series турнирида жанг қилиб, UFC шартномасини қўлга киритиш имкониятига эга бўлади 0 14:09Ўзбекистон МТЖ Басрадаги мусобақада иштирок этиши мумкин 0 13:36"Царукян UFC чемпионлик жангига лойиқ" - собиқ чемпион 0

10 okt 12:47
Yangiliklar

Boshqalar

Yaxshi xabar: O'zbekiston 2029 yilda Islom birdamlik o'yinlarini qabul qilishi mumkin!

Bu haqda Islom birdamligi sport assosiaciyasi malum qildi.

Xabar berishlaricha, O'zbekiston 2029 yilgi Islom birdamlik o'yinlarini o'zida qabul qilish niyatida. Bu yo'lda mamlakatimizdan tashqari Eron va Malayziya ham kurash olib boradi.

"ISSA nomzod davlatlarning tayyorgarligini baholash uchun tekshiruv tashriflarini boshlaydi. Islom birdamligi sport associaciyasi (ISSA) 2029 yilgi Islom birdamlik o'yinlariga mezbonlik qilish uchun arizalarini rasmiy ravishda topshirgan O'zbekiston, Malayziya va Eronga tashriflarni boshlaydi.

Dastlabki baholash jarayonidan so'ng, olti azo davlat Islom birdamlik o'yinlarining navbatdagi turnirini o'tkazish uchun ISSA'ga rasmiy manfaatdorlik xatlarini taqdim etdi. Keyingi muhokamalar va baholashlardan so'ng O'zbekiston, Malayziya va Eron o'zlarining to'liq mezbonlik takliflarini topshirishga kirishdilar. Tekshiruv tashriflari ISSA Bosh kotibi tomonidan Sport komissiyasi azolari hamrohligida nomzod mamlakatlarning obektlari, infratuzilmasi va tashkiliy rejalarini yakuniy qabul qilish qarori oldidan ko'rib chiqilmoqda", deyiladi tashkilot xabarida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing