So’nggi yangiliklar

13:12"Агар дю Плесси Чимаевни енгса, P4P рейтингда Махачевдан ўтиб кетади" - собиқ чемпион 0 12:51Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида гапирди 0 12:30Бугун Фомин Genesis Traiding Cup турниридаги иштирокини бошлайди 0 12:09Нодирбек Абдусатторов Saint Louis Rapid & Blitz турнирида иштирок этади 0 11:48PFL раҳбарияти Фрэнсис Нганнудан норози 0 11:27Хосеп Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этиши керак" 0 11:06"Чимаевга ҳатто профессионал лицензия ҳам бермасдим" - Дю Плессининг мураббийи 0 10:45Бивол IBF`дан камарнинг мажбурий ҳимоясини тиббий томондан кечиктиришни сўради 0 10:24"Qonaev Cup 2025". Суяровда яна ғалаба ва бошқа натижалар 0 10:03ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди 0 09:42Ига Свёнтек Потаповага бешта гейм берди 0 09:21Ўзбекистон ва Қозоғистондан Осиё чемпионати финалига неча нафардан боксчи етиб келди? (Барча жуфтликлар) 0 09:00UFC on ESPN 72 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 08:39"Эшитдик-да". Роналдиньо ва Луиш Фигу Тошкентга келади! 0 08:18Цинциннати "Мастерс". Янник Синнер рақибини сезмади 0

19 dek 10:51
Yangiliklar

Boks/MMA

Yilning eng yaxshi jangi, bokschisi, murabbiyi bo'lishga davogarlar malum

Teglar :  BoksKlimasUsik
Boksni yorituvchi Amerika jurnalistlar associaciyasi (BWAA) bir nechta nominaciya bo'yicha 2018 yilning eng yaxshilari bo'lish uchun davogarlarni oshkor qildi.

So'rov yakunlariga ko'ra, “Yil bokschisi”, “Yil jangi”, “Yil murabbiyi” va “Yil menejeri” nominaciyalarida 2018 yil laureatlari aniqlanadi. 

“Yilning eng yaxshi bokschisi” bo'lish uchun birinchi og'ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik, uning hamyurti, engil vaznda WBA va WBO yo'nalishlari chempioni Vasiliy Lomachenko, engil vaznda WBC chempioni Mayki Garsiya, yarim og'ir vazn toifasida WBO chempionlik kamari sohibi Terens Krouford (2014 yilda “Yil bokschisi” bo'lgan), birinchi yarim o'rta vaznda WBO chempioni Moris Xuker davogar bo'lib turibdi.

“Yil jangi” nominaciyasida Deontey - Luis Ortis, Jarrett Xerd - Erislandi Lara (birlashtiruvchi chempionlik jangi), Vasiliy Lomachenko - Xorxe Linares, Aleks Sosedo - Lenni Zappavinya, Saul Alvares - Gennadiy Golovkin (revansh) janglaridan biri g'olib bo'ladi. 

“Yil murabbiyi” bo'lish uchun Anatoliy Lomachenko (“Yil murabbiy- 2017”), Jey Diz, Robert Garsiya va Derrik Jeymslar davogarlik qiladi.

“Yil menejeri” yo'nalishida litvalik Egis Klimasning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Aynan u 2016 va 2017 yillarda ushbu nominaciya g'olib bo'lgan. Unga bu borada Kit Konnolli, CHepo Reynoso va Sem Katkovski raqiblik qiladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing