25 apr 17:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Yodgoroy Mirzaeva yarim finalda ringga chiqdi
Bangkok shahrida davom etayotgan Osiyo chempionatining navbatdagi kungi bahslari o'z poyoni sari yaqinlashmoqda.
Hozirgina -57 kg vazn toifasidagi vakilamiz Yodgoroy Mirzaeva yarim final jangini o'tkazdi. Samarqandlik qizimiz Xitoy Taypeyi vakilasi YU-Ting Linga qarshi ringga ko'tarildi.
Afsuski, barcha raundlarda tashabbusga ega bo'lgan Mirzaevaning g'alabasini hakamlar taminlashmadi. Ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan Lin finalga chiqdi. Mirzaeva esa bronza medali bilan taqdirlanadigan bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar