16 may 09:28
Yangiliklar
Kurash

Yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarida kurash bellashuvlari nechta vazn toifasida o'tkazlishi malum qilindi
2021 yilda o'tkazilishi belgilangan, ammo pandemiya sabab qoldirilgan Yopiq inshootlar va jang sanatlari bo'yicha 6-Osiyo o'yinlari shu yilning 21-30 noyabr kunlari bo'lib o'tadi.
Osiyo olimpiya kengashi tomonidan har 4 yilda bir marotaba o'tkaziladigan mazkur nufuzli sport bayramida nafaqat Osiyo, balki Okeaniya qitasi davlatlari ham ishtirok etadi.
Jami 30 ta sport turi bo'yicha 60 ta ishtirokchi davlat va 290 ta medallar jamlanmasi uchun bahslar Tailandning Bangkok va CHonburi shaharlarida o'tkazilishi belgilangan.
Mazkur nufuzli o'yinlar dasturidan kurash sporti ham rasman o'rin olgan bo'lib, bahslar Pattayya shahrida bo'lib o'tadi. Kurash bo'yicha bellashuvlar 15 ta vaznda to'liq tashkil etiladi.
Havola :
Manba : ika.org
Fikrlar