10 iyu 11:34
Yangiliklar
Tennis
Yoqimtoy Emma Radukanu milliarderning "bort"ini berdi
"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi US Open-2021 chempioni Emma Radukanu amerikalik boyfrendi Karlo Agostinelli bilan xayrlashdi.
Juftlik 2023 yilning may oyidan beri uchrashib kelayotgandi. Karlo dunyoga mashhur Dior kompaniyasining PR-direktori hisoblanadi. Dior Emma Radukanuning homiylaridan biri hisoblanadi.
The Sun nashrining yozishicha, yoshlar bir-birlarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaridagi do'stlar ro'yxatidan chiqib ketishgan. Bu ishni birinchi bo'lib Radukanu boshlagan. U endilikda sobiq yigitini qora ro'yxatga kiritib qo'ygan. 23 yoshli Agostinelli amerikalik milliarder Robert Agostinelli o'g'li bo'ladi. U bir paytlar "Liverpul" futbol klubini sotib olishga urinib ko'rgandi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar