29 mar 15:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Yosh bokschilarimiz Anapadagi musobaqada ishtirok etadilar
1-7 aprel kunlari Rossiyaning Anapa shahrida boks bo'yicha Xalqaro toifadagi sport ustasi Nikolay Pavlyukov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir bo'lib o'tadi.
2001-2002 yilda tavallud topgan bokschilar o'rtasidagi musobaqa "Voleygrad" sport majmuasida bo'lib o'tadi. Musobaqada o'zbekistonlik yosh charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etishadi.
Terma jamoamiz bahslarda quyidagi tarkibda qatnashadi:
-49 kg: SHahzod Muzzaffarov
-52 kg: Jasurbek Usmonov
-56 kg: Xurshidbek Rasuljonov
-64 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev
-69 kg: Nurislom Ismoilov
-75 kg: Suhrob Kayimov
-75 kg: Rustambek Nasriddinov
-81 kg: SHohjahon Abdullaev
Murabbiylar: Hamid Tangriberganov, Sirojiddin Naimov
Hamyurtimiz Qahramon Karimov musobaqada hakam sifatida ishtirok etadi.
Havola :
Fikrlar