10 iyu 13:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Yosh bokschilarimiz Atiraudagi musobaqada 5 ta medalga sazovor bo'lishdi
Qozog'istonning Atirau shahrida boks bo'yicha Isatay Taymanov va Maxambet Utemisov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir nihoyasiga etdi.
5 ta mamlakatdan tashrif buyurgan bokschilar ishtirokidagi musobaqada o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari 5 ta medal qo'lga kiritishdi.
Musobaqada Doston Xodjaev (-52 kg), Rahmatullo Qo'ziev (-60 kg), Muhammad Boydavlatov (-69 kg), Sayfullo Erkinboev (-69 kg) va Alisher Ortiqov (-75 kg) kabi bokschilarimiz bronza medaliga ega chiqishdi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar