19 sen 12:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Yosh bokschilarimiz Krasnodardagi musobaqada ikkita medal qo'lga kiritishdi
Rossiya Federaciyasining Krasnodar shahrida boks bo'yicha xalqaro toifadagi sport ustasi Nikolay Pavlyukov xotirasiga bag'ishlangan XII xalqaro turnir yakuniga etdi.
17-18 yoshli charm qo'lqop ustalari o'rtasida tashkil etiladigan mazkur turnirda o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etishdi va ikkita medal qo'lga kirtishdi.
Terma jamoamiz tarkibida Asilbek Jalilov (-48 kg) va G'ofurjon Tohirov (-64 kg) bronza medaliga sazovor bo'ldi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar