14 sen 16:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Yosh bokschilarimiz Krasnodardagi xalqaro turnirga jo'nab ketishdi
15-19 sentyabr kunlari Rossiya Federaciyasining Krasnodar shahrida boks bo'yicha xalqaro toifadagi sport ustasi Nikolay Pavlyukov xotirasiga bag'ishlangan XII xalqaro turnir o'tkaziladi.
17-18 yoshli charm qo'lqop ustalari o'rtasida tashkil etiladigan mazkur turnirda o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ham qatnashishadi.
Bokschilarimiz bugun musobaqada qatnashish uchun Krasnodarga jo'nab ketishdi.
Terma jamoamiz musobaqaga quyidagi tarkibda yo'l oldi:
-48 kg: Asilbek Jalilov
-54 kg: Ibrohim Ishjonov
-57 kg: Madiyar Daniyarov
-64 kg: G'ofurjon Toxirov
-75 kg: Azizbek Tojiev
+92 kg: Ali Nuranov
Murabbiylar: Sirojiddin Naimov, Umrbek Madrahimov.
Hamyurtimiz SHerzod Ahmedov musobaqa davomida hakam sifatida faoliyat olib boradi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar