09 may 17:33
Yangiliklar
Og'ir atletika
Yosh og'ir atletikachilarimiz jahon chempionatida 4 ta medalga sazovor bo'lishdi
Misrning Ismoiliya shahrida og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati o'z yakuniga etdi.
Musobaqaning so'nggi kunida eng og'ir vazn toifasida (+110 kg) ishtirok etgan Omadillo Olimov 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.
Hamyurtimiz dast ko'tarish mashqida 169 kg bilan to'rtinchi o'rinni egalladi. Siltab ko'tarishda 219 va umumiy hisobda 388 kg natija ko'rsatgan polvonimiz ushbu yo'nalishlarda bronza medalini qo'lga kiritdi.
SHu tariqa, yosh og'ir atletikachilarimiz dunyo birinchiligini 1 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan yakunlashdi.




Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar