26 apr 16:38
Yangiliklar
Velosport
Yosh velosportchimiz "Pimevere Montoise" poygasida “Eng yaxshi tog' poygachisi” deb topildi
Franciyaning janubi-g'arbidagi Mont-de-Marsan kommunasida velosport bo'yicha o'smirlar o'rtasida "Pimevere Montoise" poygasining birinchi bosqichi bo'lib o'tdi.
Unda 80 nafarga yaqin yosh velosportchilar ishtirok etishdi. Ahamiyatlisi, ular orasida hamyurtimiz Davir Abdurahmonov ham g'oliblik uchun kurash olib bordi. Bu haqida O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi matbuot xizmati malum qilmoqda.
123 kmga teng masofani bosib o'tish sportchilarga oson bo'lgani yo'q. Poyganing tog'li hududda o'tgan qismida Davir Abdurahmonov bor kuchini ishga solib, etakchilik qila boshladi, ammo bu peshqadamlikni sportchimiz finishgacha saqlab qola olmadi.
Poyga yakuniga ko'ra, Davir 45-o'rinni egallagan bo'lsada, alohida nominaciyalarning birida ustunlikka erishdi. U “Eng yaxshi tog' poygachisi” deb topildi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar