09 dek 09:45
Yangiliklar

Yosh yunon-rum kurashchilarimiz Tuladagi turnirda
Bu haqda O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 1972 yilgi Olimpiada chempioni SHamil Xisamutdinov sovrini uchun o'tkazilayotgan mazkur turnir 10-11 dekabr kunlari bo'lib o'tadi.
Musobaqa ikki yosh toifasida - 2000-2001 hamda 2002-2003 yillarda tavallud topgan yosh polvonlar o'rtasida tashkil etiladi.
Ushbu xalqaro turnir sportchilarimiz uchun kelasi yili Tailandda o'tkaziladigan Osiyo chempionati, sentyabr oyida Greciyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga saralash hamda sinov vazifasini o'tab beradi.
O'zbekiston terma jamoasi tarkibi quyidagicha:
Avazxo'ja Sulaymonov (42kg), Timur Bahronov (42 kg), Zayniddin Nashirov (46 kg), Eldor Karimov (46 kg), Asilbek Nematov (50 kg), Qahramon Gasilov (58 kg), Javohirbek Samatov (58 kg), Nodirbek Eshpo'lotov (63 kg), Abrorbek Nurmuhammedov (69 kg), Bekzod Ahmedov (76 kg), SHarofiddin Ernazarov (100 kg), SHermuhammad SHaribjonov (42 kg).
Fikrlar