12 dek 08:55
Yangiliklar
Yosh yunon-rum kurashchilarimiz Tuladan 4ta oltin, 2ta bronza bilan qaytishdi
Bu haqda O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 1972 yilgi Olimpiada chempioni SHamil Xisamutdinov sovrini uchun o'tkazilgan mazkur turnirda yigirmaga yaqin davlatdan yosh kurashchilar gilamga chiqishdi.
Musobaqa ikki yosh toifasida - 2000-2001 hamda 2002-2003 yillarda tavallud topgan yosh polvonlar o'rtasida tashkil etildi.
Hamyurtlarimizdan o'z vazn toifalarida Laziz Toshkentboev (42 kg), Asilbek Nematov (50 kg), Eldor Karimov (46 kg), Javohirbek Samatov (58 kg) oltin medalni qo'lga kiritdi.
Azizbek Alimov (50 kg) va Akmal Akromov (54 kg)ga xalqaro turnirning bronza medali nasib etdi.
Ushbu xalqaro turnir sportchilarimiz uchun kelasi yili Tailandda o'tkaziladigan Osiyo chempionati, sentyabr oyida Greciyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga saralash hamda sinov vazifasini o'tab berdi.
Fikrlar