29 iyu 10:40
Yangiliklar
Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida 1ta kumush, 2ta bronza, hozircha
Mazkur
musobaqada ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz ayni paytga kelib 1 ta kumush va 3 ta
bronza medaliga sazovor bo'ldilar. Terma jamoamiz hisobiga kumush medalni SHahzod
Xudoyberganov (-77 kg)
taqdim etdi. Umidli sportchimiz dast ko'tarishda 145 kg. natija bilan
9-o'rinni, siltab ko'tarishda esa 184
kg. natija bilan 2-o'rinni egalladi. Ikkikurash yakuniga
ko'ra SHahzod beshinchi o'rinni band etdi.
Qizlar
musobaqasida ishtirok etayotgan Muattar Nabieva dast ko'tarishda 95 kg, siltab ko'tarishda 112 kg, ikkikurash yakuniga
ko'ra 207 kg.
toshni o'ziga bo'ysintirib, bir yo'la uchta bronza medaliga sazovor bo'ldi. Ertaga yana
bir sportchimiz Farhod Sobirov (-94
kg) bahslarga kirishadi.
Fikrlar