04 fev 11:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Yunier Dortikos: “Mag'lubiyatni qabul qilish qiyin bo'lyapti, men revansh istayman”
Kubalik endilikda sobiq jahon chempioni Yunier Dortikos rossiyalik Murat Gassievdan qabul qilib olgan mag'lubiyatiga izoh berdi.
Dortikos kecha oqshom Butunjahon boks superseriyasining yarim final jangida endilikda ikki yo'nalish chempioniga aylangan Murat Gassievga 12-raundda texnik nokaut evaziga mag'lub bo'lgan edi.
“Menga Sochida hamma narsa yoqdi, lekin mag'lubiyatni
qabul qilish qiyin bo'lyapti. Muxlislar juda ham qiziqarli jangga guvoh bo'lishdi. Murat
– kuchli raqib, ammo men revansh jangini xohlayapman”, - dedi Dortikos.
Havola :
Fikrlar