24 okt 09:12
Yangiliklar

Yunon-rum kurashchilarimiz jahon chempionatiga shaylar!
Ayni paytda erkin va ayollar kurashi bellashuvlari bo'lib o'tmoqda. Bugundan yunon-rum kurashi bo'yicha bahslarga start beriladi.
Ushbu nufuzli musobaqaga yunon-rum kurashchilarimiz jiddiy ravishda tayyorgarlik olib bordilar. Vakillarimiz AQSH, Xorvatiya, Franciya, Ispaniya, Estoniya, CHili, Latviya, Hindiston, Braziliya, Ruminiya, Litva, Serbiya va Vengriya terma jamoasi polvonlari bilan qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishdi.
Eslatib o'tamiz, yunon-rum kurashchilarimiz musobaqada quyidagi tarkibda ishtirok etadilar:
-55 kg: Ilhom Bahromov
-60 kg: Feruz To'xtaev
-63 kg: Elmurat Tasmuradov
-67 kg: Mirzobek Rahmatov
-72 kg: Aram Vardanyan
-77 kg: Bilan Nalgiev
-82 kg: Nurbek Hoshimbekov
-87 kg: Rustam Assakalov.
Fikrlar