08 okt 12:55
Yangiliklar

Yunon-rum kurashchilarimiz Qozog'istondagi xalqaro turnirda
Bu haqda O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. O'z tarixida 22-marotaba tashkil etilayotgan ananaviy musobaqada kurashchilar 59, 66, 75, 85, 98 hamda 130 kg vazn toifalarida medallar uchun baxslarga kirishishadi.
O'zbekiston terma jamoasi tarkibidan birinchi va ikkinchi raqamli polvonlarimiz Feruz To'xtaev (59 kg), Abdurashid Berdaliev (59 kg), Aram Vardanyan (66 kg), Dilshod Turdiev (75 kg), Muhammadali SHamsiddinov (85 kg), Jahongir Turdiev (96 kg) hamda Mo'min Abdullaev (130 kg) joy olishgan.
Terma jamoa bosh murabbiyi Kamil Fatkullin. Murabbiylar shtabidan G'ayrat Abdullaev va Ravshan Ro'ziqulov o'rin olishgan. Qahramon Ibragimov esa Semey turniriga hakam sifatida taklif etilgan.
Xalqaro turnirda mezbonlar va O'zbekiston polvonlaridan tashqari, Rossiya, Belarus, Qirg'iziston kabi o'nga yaqin davlatdan yunon-rum kurashchilar ishtirok etishyapti.
Fikrlar