05 dek 09:04
Yangiliklar
Kurash

Yunon-rum kurashchilarimiz Rossiyadan 1ta kumush, 3ta bronza bilan qaytishdi
Rossiyaning Adigee shahrida yunon-rum kurashi bo'yicha ananaviy xalqaro xotira turniri bo'lib o'tdi.
Bu haqda O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Musobaqada ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi polvonlari yakunda 1ta kumush va 3ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
98 kg vazn toifasida gilamga chiqqan hamyurtimiz, Olimpiada-2016 ishtirokchisi, bir necha karra Osiyo chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi, jahon vice-chempioni Rustam Assakalov kumush medalga sazovor bo'ldi.
Ilhom Bahromov (59 kg), Aram Vardanyan (66 kg) va Mo'minjon Abdullaev xalqaro xotira turnirining bronza medali bilan taqdirlanishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar