14 fev 17:43
Yangiliklar
Kurash

Yunon-rum kurashchilarimiz SHimkentdagi turnirdan 8ta medal bilan qaytishdi
Qozog'istonning SHimkent shahrida yunon-rum kurashi bo'yicha yoshlar o'rtasida xalqaro turnir bo'lib o'tdi.
“Olimpiya umidlari” deb nomlangan musobaqada 60 nafardan ziyod yunon-rum kurashchilarimiz ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi. Yakunda polvonlarimiz 8ta medalni qo'lga kiritishdi.
Ilhom Bahromov (55 kg), Ermatbek SHermatov (84 kg) va Abbos Ibragimov (120 kg) musobaqaning kumush medali bilan taqdirlanishdi.
To'rabek Tirkashev (60 kg), Maqsud Baxshilloev (66 kg), Bekzod Umarov (84 kg), Jalgasboy Berdimuratov (84 kg) hamda Hojiakbar SHahobiddinov (120 kg) bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar