17 dek 12:25
Yangiliklar

Yunon-rum kurashi. 66, 75, 85 va 130 kg vaznda g'oliblar aniqlandi + FOTO
Kecha kattalar o'rtasida o'tkazilayotgan musobaqaning yunon-rum kurashi bahslarida 66, 75, 85 hamda 130 kg vaznda g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi.
O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi matbuot xizmati bergan xabarga ko'ra, 66 kg vazn toifasida Mirzobek Rahmatov, 75 kg vaznda Jalgas Berdimuratov, 85 kg.da Muhammadali SHamsiddinov, 130 kg vaznda Mo'minjon Abdullaev g'oliblik shoxsupasiga ko'tarilishdi.
KECHAGI G'OLIB VA SOVRINDORLAR:
66 kg: 1 – Mirzobek Rahmatov (Buxoro), 2 – Nurbek O'ktamov, 3 – Aram Vardanyan (Toshkent) va Abdurashid Berdaliev (Toshkent).
75 kg: 1 – Jalgas Berdimuratov (Qoraqalpog'iston Respublikasi), 2 – Diyor SHaripov (Farg'ona), 3 – Baxtiyor Isoqov (Toshkent) va Jahongir Ziyoev (Samarqand).
85 kg: 1 – Muhammadali SHamsiddinov (Buxoro), 2 – Nurbek Xoshimbekov (Andijon), 3 – Rustam Sultonov (Buxoro) va Ermatbek SHermatov (Qashqadaryo).
130 kg: 1 – Mo'minjon Abdullaev (Samarqand), 2 – Azamat Bahodirzoda (Toshkent), 3 – Timur O'rimboev (Toshkent) va Umid Nurov (Buxoro).
Fikrlar