22 avg 15:18
Yangiliklar
Kurash

Yunon-rum kurashi. Elmurat Tasmuradov JCHni g'alaba bilan boshladi
Franciyadagi JCHda bugun yunon-rum kurashi bo'yicha bahslar davom etmoqda.
Rio Olimpiadasi sovrindori hisoblangan kurashchimiz Elmurat Tasmuradov jahon chempionatidagi ilk jangini o'tkazdi. Sportchimizga ilk to'qnashuvda germaniyalik Mattias Maash raqiblik qildi. Qiyin kechgan bahsda vakilimiz 2:1 hisobida g'alaba qozondi va nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Vakilimiz navbatdagi jangini rossiyalik Artyom Surkovga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar