So’nggi yangiliklar

11:20Ўзбекистон илк бор ООК Бош Ассамблеясини қабул қилади 0 10:59Осиё чемпионлигини кўзлаётган Воҳидовда муҳим ғалаба, Гулруҳбегим бошчилигидаги етакчи қизларимиз учун "қора кун" 0 10:38Хамзат Чимаев: "У мени "биродар" деди, кейин эса мен билан уришмоқчи бўлди" 0 10:17Витор Рейс: "Ҳусанов ҳудди акамдек" 0 09:52Бивол бугунги кундаги энг хавфли боксчи кимлигини айтди 0 09:26Жон Жонс ММА жангчиси бўлмаганида ким бўлиб ишларди? Спортчи жавоб берди 0 09:02Қозоғистон нега Польшадаги Жаҳон кубогида қатнашмаяпти? 0 08:39Саудия Арабистони. Роналду майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" 9 та гол урди 0 08:17Бивол қандай ҳолатда Бетербиев билан учинчи жанг бўлмаслигини айтди 0 07:52Ўзбекистонда яна россиялик легионер пайдо бўлиши мумкин 0 07:30ESPN боксчиларнинг P4P рейтингини тақдим этди: Усик пешқадам 0 01:42А Серия. "Рома" "Аталанта"га ютқазди, клубнинг 19 та ўйинлик мағлубиятсиз серияси якунланди 0 23:55Жаҳон кубоги. Боксчиларимиздан муваффақиятли старт: учта жангда учта ғалаба 0 19:14Рим WTA 1000. 18 ёшли Мирра Андреевада яна ғалаба 0 18:51Достон Бозоров: "2025 йили UFC'га" 0

28 fev 13:50
Yangiliklar

Kurash

Yunon-rum kurashi. Rustam Assakalov oltin medal, to'rt nafar sportchimiz esa bronza uchun jang qiladi

Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionati o'tkazilmoqda.

Kecha bo'lib o'tgan bahslarda Elmurat Tasmuradov oltin, Mo'minjon Abdullaev esa kumush medal sohibiga aylangani haqida xabar qilgandik.

Bugun yunon-rum kurashi bo'yicha bahslarida ishtirok etayotgan besh nafar polvonlarimiz musobaqada medallar uchun jang o'tkazmoqdalar.

Hozirgacha saralash bahslari yakunlandi. Quvonarlisi, bugun turnirda qatnashayotgan barcha sportchilarimizda medal qo'lga kiritish imkoniyati mavjud. -97kg vazn toifasida gilamga chiqqan Rustam Assakalov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, finalgacha etib keldi. Endi u oltin medal uchun eronlik Saidganbar Salohizodaga qarshi bahs olib boradi.

SHuningdek, Islomjon Bahromov, Mirzobek Rahmatov, Aram Vardanyan va Nurbek Hoshimbekovlar bronza medali uchun gilamga chiqadilar.


Kechki dasturda hamyurtlarimiz ishtirokidagi bellashuvlar:

Final

-97kg: Rustam Assakalov - Saidganbar Salohzoda


Bronza medali uchun bahslar:

-60kg: Islomjon Bahromov - YU Xung Lin (Xitoy Taypeyi)

-67kg: Mirzobek Rahmatov - Manish (Hindiston)

-72kg: Aram Vardanyan - Jiang Yuan (Xitoy)

-82kg: Nurbek Hoshimbekov - Singh Xarpret (Hindiston)

Mazkur bahslarda sportchilarimizga omad tilab qolamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing