29 sen 14:45
Yangiliklar
Kurash

Yunon-rum kurashi. Terma jamoamiz Rossiyadagi turnirda
Yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi xalqaro turnirda ishtirok etish maqsadida Rossiyaning Vladimir shahriga jo'nab ketdi.
Ertaga start oladigan ananaviy musobaqada 20ga yaqin davlatdan istedodli yunon-rum kurashchilar ishtirok etadi. Ular orasida Ravshan Ro'ziqulov murabbiyligidagi mamlakatimiz yoshlar terma jamoasi ham bor.
Xalqaro turnirda yurtimiz sport sharafini Jasurbek Ortiqboev, Ilhom Bahromov, Salohiddin Xolmatov, Jalgasbay Berdimurodov, Abubakr Alimov hamda 84 kg vazn toifasida Ermatbek SHermatovlar himoya qilishadi.
Hamyurtimiz Isroil Siddiqov esa xalqaro turnirga hakam sifatida taklif etilgan. Musobaqaning barcha g'olib va sovrindorlari 1 oktyabr kuni malum bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar