01 okt 09:27
Yangiliklar

Yunon-rum kurashi. Terma jamoamiz Vengriyaga jo'nab ketdi
Terma jamoamiz delegaciyasi ayni paytda Moskva shahrida bo'lib turibdi. Sportchilarimiz Rossiya Federaciyasi poytaxti orqali Vengriyaning Tata shahriga etib boradi. Aynan shu shaharda uch haftalik o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkaziladi.
Mazkur yig'in terma jamoamiz azolari uchun 25 oktyabr kuni poytaxt Budapesht shahrida start oladigan jahon chempionatiga so'nggi tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi.
Tarkibdan Ilhom Bahromov (55 kg), Feruz To'xtaev (60 kg), Elmurat Tasmuradov (63 kg), Mirzobek Rahmatov (67 kg), Aram Vardanyan (72 kg), Bilan Nagliev (77 kg) Nurbek Xoshimbekov (82 kg), Rustam Assakalov (87 kg).
Eng og'ir (130 kg) vazndagi kurashchimiz, Osiyo o'yinlari g'olibi Mo'minjon Abdullaev kechroq terma jamoa tarkibiga borib qo'shiladi. Yaqinda Mo'minjonning nikoh to'yi bo'lib o'tgandi. Unga baxt tilaymiz.
Terma jamoa murabbiylari - Ravshan Ro'ziqulov, Asliddin Xudoyberdiev.
Fikrlar