16 dek 08:10
Yangiliklar

Yunon-rum. O'zbekiston chempionatida 4ta vaznda g'oliblar aniqlandi
Kecha musobaqaning ilk kuni yunon-rum kurashi vakillari bahslarni boshlab berishdi. Bu haqda O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Dastlabki kuni yunon-rum kurashida 4ta vazn toifasi - 59, 71, 80 va 98 kgda g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. O'z vazn toifalarida Islom Bahromov, Fazliddin Namozov, Dilshod Turdiev va Jahongir Turdiev O'zbekiston chempioni degan nomga sazovor bo'lishdi.
G'OLIB VA SOVRINDORLAR:
59 kg: 1 – Islom Bahromov, 2 – Feruz To'xtaev, 3 – Mironshoh Hasanov (Buxoro) va Qamariddin Zayniddinov.
71 kg: 1 – Fazliddin Namozov, 2 – Danil Morozov, 3 – Nizom Xodiev (Buxoro) va Bahodir Nurniyozov (Qoraqalpog'iston).
80 kg: 1 – Dilshod Turdiev, 2 – Mirzohid Tursunov, 3 – SHuhrat Xudoyqulov (Samarqand) va Aziz Nematov (Farg'ona).
98 kg: 1 – Jahongir Turdiev, 2 – Abror Mamasoliev (Andijon), 3 – Jamoliddin Qurbanov (Buxoro) va Ikrom Ibragimov (Buxoro).
Fikrlar