11 fev 13:18
Yangiliklar
Kurash

Yunon-rumchilarimiz Zagrebdagi reyting musobaqasida 5ta medalga sazovor bo'lishdi
9-10 fevral kunlari Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida yunon-rum kurashi bo'yicha kattalar o'rtasida reyting turniri bo'lib o'tdi.
Musobaqa yakunlariga ko'ra besh nafar sportchimiz sovrindorlar qatoridan joy oldi:
-63 kg: Islomjon Bahromov (oltin)
-63 kg: Feruz To'xtaev (bronza)
-67 kg: Elmurat Tasmuradov (oltin)
-97 kg: Jahongir Turdiev (bronza)
-130 kg: Mo'minjon Abdullaev (kumush)
Sportchilarimiz ushbu musobaqa orqali Tokio 2020 Olimpiadasi licenziyasi uchun qimmatli reyting ochkolarini ishlab olishdi.
Qayd etish lozimki, terma jamoamiz vakillari turnirda umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallashdi. Birinchi pog'onadan Turkiya terma jamoasi joy olgan bo'lsa, kuchli uchlikka mezbon Xorvatiya terma jamoasi yakun yasadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar