So’nggi yangiliklar

16:00Аёллар ўртасидаги ЖЧ. Кеча жанг қилган беш нафар боксчимизнинг тўрт нафари кейинги босқичда 0 15:38Бивол: "Бошқа вазнда ҳам чемпионлик камарини қўлга киритиш ажойиб бўларди" 0 15:15Анкалаев UFC чемпионлигини қўлга киритиши ҳақида: "Бизни синдиришга ҳаракат қилишди" 0 14:39Прохазка Анкалаевга: "Ягона фирибгар – бу сен. Сени чемпион сифатида ҳурмат қилишмайди" 0 14:17«Ливерпуль» ёзда 5 нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр 0 13:54Мураббий Махачев учун ҳозирги пайтдаги энг яхши рақиб ким бўлишини айтди. Бу Топурия эмас 0 13:28Пимблетт – келажаги ҳақида: "Чемпионликни қўлга киритсам, биринчи ҳимоя жангимни Макгрегорга қарши ўтказаман 0 13:05Бивол: "У – афсона. Албатта, мени мағлуб этган бўларди" 0 12:40Харри Кейн тарихий натижани қайд этди 0 12:17Кормье Анкалаев – Перейра жанги ҳақида: "Алекс фақат бир неча хавфли зарба бера олди" 0 11:54Том Аспиналл Жон Жонсни шартномага имзо қўйишга чақирди 0 11:30Хамзат Чимаев Дубайда Ҳусан Мажлимов қўл остида машғулотларга киришди 0 11:05«Реал» етакчиси «Атлетико»га қарши учрашувни ўтказиб юбориши мумкин 0 10:44Бивол Бетербиев билан трилогиянинг эҳтимолий санасини айтди 0 10:17Велотрекчиларимиз Жаҳон кубогида иштирок этади (ПОСТЕР) 0

27 mar 17:41
Yangiliklar

Kurash

Yunusobod tuman prokurori kubogi uchun o'tkazilgan kurash musobaqasidan FOTOREPORTAJ

Vatan dovro'g'ini dunyoga doston etadigan matonatli sportchilarni tayyorlashda ommaviy sport tadbirlarining o'rni beqiyos.

SHu manoda Toshkent shahar kurash federaciyasi tomonidan 2021 yilning mart-may oylari poytaxtimizda kurash musobaqalarini o'tkazish oyligi, deya elon qilindi. Rejaga binoan, har xafta poytaxtimizdagi bitta tumanda kurash musobaqasi tashkillashtirish. Maqsad, poytaxtimizdagi turli to'garaklarda, bolalar-o'smirlar sport maktablarida kurash sport turi bilan shug'ullanayotgan yoshlarning bush vaqtlarini mazmunli o'tkazish, iqtidorli sportchilarni saralash.

Etiborlisi, o'tgan xafta Sergeli tumanida, kuni kecha Yunusobod tumanida tashkil etilgan kurash musobaqalari milliy sportimizga poytaxtimiz yoshlarining qiziqishi ne chog'li yuqori ekanligini ko'rsatdi. Qolaversa, o'tkazilayotgan musobaqalar orqali kurash to'garaklarida ishlayotgan trener mutaxassislarning bilim darajasi, mashg'ulotlarni olib borish taktikasi yana bir bor ko'zdan kechirilmoqda.

Kuni kecha Toshkentdagi ko'p tarmoqli Oliy o'quv yurtlariaro sport majmuisida o'tkazilgan Yunusobod tuman prokurori kubogi musobaqasida 80 nafarga yaqin yoshlar bellashishdi.

Ushbu musobaqada yosh kurashchilarning bellashuvlarini Xalqaro kurash qoidalari muallifi, O'zbekiston kurash federaciyasi Raisining birinchi o'rinbosari Komil Yusupov, Toshkent shahar kurash federaciyasi raisi, Toshkent shahar prokurori Ulug'bek Qosimov, afsonaviy kurashchimiz, Olimpiya o'yinlari sovrindori Abdulla Tangriev, kurash va dzyudo bo'yicha nufuzli musobaqalar g'olibi Farhod To'raev, kurash bo'yicha bir necha bor O'zbekiston chempioni, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o'tkazilgan xalqaro turnirlar g'olibi SHerali Jo'raevlarning kuzatib borganligi trener va sportchilarga o'zgacha hayajon bag'ishlaganligi shuhsasiz.

- Bir paytlari endi-endi kurash gilamida, dzyudo tatamisida kurash tushishni boshlagan paytlarimizda musobaqalarni palon nomdor sportchi yoki murabbiy kuzatib boyapti, deyishsa biz yoshlarni qaldbini hayajon qoplardi, chiroyli usul qo'llab ularning nazariga tushishga, kuchli va chpadast bo'lishga intilardik. Sportda nimagaki erishgan bo'lsak, aynan o'sha nomdor sportchilarga o'xshashga talpinish orqasida erishganmiz, - deydi kurash va dzyudo bo'yicha nufuzli musobaqalar g'olibi SHerali Jo'raev.

Murasasiz bellashuvlar natijasiga ko'ra, o'z vazn toifalarida Gulnora Ibotullina, Laylo Masharipova, Almaz Bekmaev, Temur Jo'raxonov, Murodilla Fayziboev, Sardor Berdishukurov, Ulug'bek Otamurodov g'oliblik shohsupasiga kutarilishdi.

G'olib va sovrindorlarga Yunusobod tuman prokuraturasi, tegishli homiy tashkilotlar tomonidan qimmatbaho sovg'alar, diplom va medallar taqdim etildi. Yoshlar xursand bo'lishdi. Ayniqsa, yunusobodlik 30 nafardan ziyod yosh kurashchilarga kurash yaktaklari sovg'a qilinganda nafaqat sportchilar, balki ularning ota-onalari ham xursand bo'lishdi.

Musobaqa jarayonida O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi va O'zbekiston kurash federaciyasi o'rtasida imzolangan hamkorlik xujjatiga asosan Toshkent shahrining 12 ta tumanida kurash mashg'ulotlari o'tkazish uchun ajratilgan maktab sport zallari uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan ajratilgan kurash gilamlarining sertifikatlari topshirildi hamda ushbu sport zallarida kurash mashg'ulotlarini olib borish uchun 11 nafar yangi kurash trenerlari ishga qabul qilinganligi elon qilinib, ularga murabbiylik buyruqlari musobaqa jarayonida taqdim qilindi.

Musobaqaning taqdirlash marosimi oldidan O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Toshkent shahar prokurori, poytaxt kurash federaciyasi raisi Ulug'bek Qosimov “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi. Mukofotni Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari Nodir Muratov topshirdi.

- Toshkent shahar kurash federaciyasi saiy-harakati bilan 11 nafar mutaxassisning ish bilan taminlanganligi yaxshi bo'ldi. Etiborli tomoni, ushbu mutaxassislarning deyarli barchasi kurash bo'yicha o'z vaqtida taniqli sportchi bo'lganligidadir. Masalan, SHerali Jo'raev, Xikmat Kurtov, Bahodir G'aniev, Asqar Aralov, Adxam Ravshanovlarning sportchilar orasidayam, trenerlar orasidayam obro'-etiborga sazovar mutaxassis-sportchilar hisoblanadi. Ishonamizki, yaqin kelajakda Toshkentdan ham Rishod Sobirovdek, Davlat Bobonovdek kuchli sportchilar etishib chiqadi. Muhimi, endi bu sportchilar maktab va mahallalarda yuzlab yoshlarga milliy sportimizning sir-asrorlaridan saboq beradi. Ularni sog'lom turmush tarzi bilan oshno etadi, - deydi musobaqa jarayonida taniqli kurashchi Abdulla Tangriev.

Yunusobod prokurori kubogi musobaqasi xayrli tadbirlar jarayoniga ulanib ketganligida ramziy mano bor. Zotan, yaxshilikning ortidan albatta yaxshilik keladi, deyishadi. SHunday bo'ldi ham. O'n nafardan ortiq trener-mutaxassislar ish bilan taminlanishi, shuncha mahallayu maktabga kurash gilamlarining ajratilishi ming-minglab yoshlar ommaviy sport mashg'ulotlari bilan qamrab olinayotganligidan dalolat. Ommaviylik esa g'alabalarga yo'l ochadi. G'alabalar o'z navbatida Vatan dovrug'ini dunyolarga doston etadi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing