25 jan 16:20
Yangiliklar
Yurgen Klopp Muhammad Salohning jarohati haqida malumot berdi
Eslatib o'tamiz, Saloh Afrika kubogi doirasida Gana termasiga qarshi o'yinda jarohat oldi. SHu sababli "Liverpul" futbolchini o'z ixtiyoriga qaytarib oldi. Misr termasi bosh murabbiyi Ruy Vitoriya esa bu holatdan norozi bo'ldi: "Liverpul" bu haqida o'ylashi kerak emasdi deb o'ylayman. Terma oldida muhim o'yin kutib turgandi".
"Misr termasi va "Liverpul"ning qiziqishlari bir xil. Biz ham ular kabi Salohning tezroq tuzilishini istaymiz.
Agarda u Afrikada qolsa, davolanish ishlarini olib borolmasdi va uning tuzalishi kechikardi. Misr termasi uzoqroqqa boradigan bo'lsa, biz shunchaki vaqtdan yutqazamiz. Biz uni Misr termasidan uzoqroq bo'lishi uchun emas, tezroq safga qaytarish uchun qaytarib oldik. Bu biz istaydigan barchasi.
Hammasi kelishib olingan. Agarda Saloh yuqori holatiga qaytsa, Misr termasi finalga chiqsa, u termaga qaytariladi, bu narsa boshidanoq malum qilingan. Muhammadning o'zi ham, biz ham buni istaymiz. Barchasini o'zimizning munosabatimizga qarab reja qilmaymiz", - dedi Klopp.
Fikrlar