28 noy 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Yuriorkis Gamboa Lomachenkoni jangga chorladi
Professional boksning yarim engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni kubalik Yuriorkis Gamboa ukrainalik Vasiliy Lomachenkoni jangga chorladi.
Bizning vaqt bilan kecha tongda Lomachenko AQSHning Las-Vegas shahrida o'ziga tegishli bo'lgan WBO chempionlik kamarini munosib tarzda himoya qilgan edi.
28 yoshli Lomachenko yamaykalik sobiq jahon chempioni yamaykalik 30 yoshli Nikolas Uoltersni sakkizinchi raundda muddatidan avval mag'lub etgandi.
“Seni g'alaba bilan tabriklayman. Ochig'ini aytsam, Top Rank menga hech qachon sen bilan jang o'tkazishni taklif qilmaydi. Lekin sen buni amalga oshirishing mumkin”, - dedi 34 yoshli Gamboa.
Havola :
Fikrlar