11 mar 11:58
Yangiliklar

Yurtimizda ilk bor o'tkaziladigan boks oqshomiga bag'ishlangan matbuot anjumaniga marhamat!
Mamlakatimizda ilk marotaba tashkil etilayotgan mazkur nufuzli boks kechasining markaziy jangida M.Ahmadaliev yaponiyalik Ryosuke Ivasaga qarshi chempionlik kamarlarini himoya qiladi.
Boks kechasi davomida bo'lib o'tadigan boshqa reyting janglarida Isroil Madrimov, SHahram G'iyosov, Hasanboy Do'smatov, Iqboljon Xoldorov, Mirazizbek Mirzahalilov, Bahodir Jalolov, Sanjar Tursunov kabi nomdor bokschilarimiz ham ringga ko'tarilishadi.
SHu munosabat bilan bugun, 11 mart kuni soat 15:00 da, MOQ anjumanlar zalida bo'lajak boks oqshomiga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil qilinadi. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi barcha OAV xodimlari, jurnalist va blogerlarni mazkur tadbirga taklif etib qoladi!
Fikrlar