14 jan 08:59
Yangiliklar
Futbol
"Yuventus" A Seriyada 1993 yildan buyon ilk bora 5 ta gol o'tkazib yubordi
"Yuventus" Italiya chempionati doirasida 1993 yildan beri birinchi marotaba 5 ta gol o'tkazib yubordi.
Kecha o'tkazilgan bahsda turinliklar "Napoli"ga 1:5 hisobida mag'lub bo'lishdi.
So'nggi marotaba "Yuve" 1993 yilning 30 may kuni "Peskara"ga qarshi o'yinda 1:5 hisobida yutqazishgan ekan.
O'shanda "Peskara" safida "Yuventus"ning hozirgi murabbiyi Massimiliano Allegri gol urgan.
"Napoli" esa ikkinchi marotaba "Yuventus" darvozasiga 5 ta gol urdi. Birinchi marotaba neapolliklar 1988 yilning 20 noyabr kuni 5:3 hisobida "Yuve"ni mag'lub etishgan ekan.
Havola :
Manba : Opta
Fikrlar