26 may 19:48
Yangiliklar
Futbol
"Yuventus" afsonasi faoliyatini yakunlaganini elon qildi
"Fenerbaxche"ning 37 yoshli himoyachisi Leonardo Bonuchchi futbolchilik faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
"Men uchun ushbu oilaning bir qismi bo'lish baxt edi. O'zimni maydonda va undan tashqarisida yaxshi tomondan ko'rsatishga harakat qildim. Ertaga so'nggi jangimni o'tkazaman. Faoliyatimni sovrin bilan yakunlashni xohlayman va bizda chempion bo'lish uchun imkoniyat bor", — dedi Bonuchchi.
Bonuchchi yanvarda "Fenerbaxche" bilan shartnoma imzoladi. U bunga qadar "Union"da o'ynagan. Bonuchchi "Yuventus" afsonasi, u Turin klubi tarkibida 12 mavsum o'ynagan.
Havola :
Manba : fenerbahce.org
Fikrlar