21 jan 08:00
Yangiliklar
"Yuventus"dan 15 ochko olib tashlandi
Italiya futbol federaciyasi sudi klubni jazolashni talab qilgan prokurorning so'rovini qoniqtirdi. Prokuror avvalroq "Yuventus"dan 9 ochko olib tashlashni so'ragandi.
Endi turinliklar hisobida 37 ochko emas, 22 ochko bor. Bu orqali "Yuve" A Seriyada 10-o'ringa tushib ketdi.
"Yuventus" ushbu qarorga javoban apellyaciya berishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus" futbolchilarning transfer summasini oshirib ko'rsatganlikda ayblangandi. SHuningdek futbolchi va xodimlar uchun harajatlar haqidagi malumotlarni kamaytirib ko'rsatganlik bo'yicha ham ayblovlar qo'yilgan.
Avvalroq, "Yuve" rahbarlari istefoga chiqarilgandi. Anelli, Nedved va boshqa sobiq rahbarlar hisobot sohtaligi bo'yicha javobgarlikka tortiladi.
Fikrlar