So’nggi yangiliklar

10:26Нодирбек Абдусатторов Руминия турнири етакчиларининг бири билан муросага келди 0 10:05Copa America. Мексика учун мусобақа якунланди. Эквадор кейинги босқичда! 0 09:44Иржи Прохазка кечаги нокаутли мағлубиятига изоҳ берди 0 09:23Ҳумоюн Султонов Брюссель турнири вице-чемпиони 0 09:02Светлана Оқназарова ҳам Осиё чемпионатида шоҳсупага кўтарилди 0 08:41Евро-2024. Кечаги учрашувларда кимлар "man of the match" соҳибига айланди? 0 08:20Енгил атлетикачиларимиз “BYD silk road to Paris” турнирида биринчи бўлишди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 07:59Кремлёв дзюдочиларнинг Олимпиадага бормаслиги ҳақида: "Умид қиламанки, кураш ҳам улардан намуна олади" 0 07:38Аргентина терма жамоасининг Олимпиада-2024 учун таркиби маълум 0 07:17Евро-2024. Испания 1/8 финалда Грузия эртагига якун ясади 0 20:07Табило мавсумдаги иккинчи совринини қўлга киритди 0 19:46Шара Буллет UFC видеоўйинида пайдо бўлади (+ФОТО) 0 19:25Райан Гарсия дисквалификация бўйича яна судлашмоқчи 0 19:03Энрикега Шкриньяр керакмас. ПСЖ ҳимоячиси учун "Фенербахче", "Галатасарой" ва "Бешиктош" даъвогарлик қилмоқда 0 18:41Киберспорт. Ўзбекистон терма жамоаси DOTA 2 бўйича Осиё Кубоги йўлланмасини қўлга киритди 0

17 apr 18:44
Yangiliklar

Boshqalar

Zamonaviy Olimpiya o'yinlari tarixi

Teglar :  Zamonaviy olimpiada
Zamonaviy birinchi Olimpiya o'yinlari 1896 yil 6 aprelda – bundan 124 yil oldin Afinada bo'lib o'tgan edi.

Ayni ushbu sana zamonaviy o'yinlar tarixining boshlang'ich davri hisoblanadi. Keyin ularni I Xalqaro Olimpiya o'yinlari deb atashdi.

Olimpiya o'yinlari sport orqali barcha odamlarni birlashtiradigan xalqaro darajadagi muhim sport anjumanlaridan. O'yinlar har 4 yilda bir marta o'tkaziladi va butun insoniyat uchun ulkan voqelik hisoblanadi.
Olimpiya o'yinlarini tashkil etish g'oyasi francuz jamoat arbobi, tarixchi, yozuvchi Per de Kubertenga tegishli. 1894 yil iyun oyida uning tashabbusi bilan Parijda Xalqaro kongress bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar oldida qadimgi o'yinlardan namuna olib, Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi (XOQ)ni tashkil etish va o'yinlarni o'tkazish masalasi turardi. XOQning tashkil etilgan rasmiy sanasi 1894 yil 23 iyun, deb hisoblanadi. Uni XOQning birinchi prezidenti Demetrius Vikelas boshqargan va Per de Kuberten bosh kotib etib tayinlangan. Keyin Olimpiya harakatining asosiy principlari belgilangan Olimpiya Xartiyasi qabul qilindi. Birinchi o'yinlarning ajdodi bo'lgan Greciya musobaqalarni o'tkazish joyi sifatida tanlandi. Bu asr oxirida o'yinlarni o'tkazgan dunyodagi yagona mamlakat bo'ldi. Greciyada birinchi Olimpiada – 1896, keyingilari esa 1906 yil va 2004 yillari bo'lib o'tdi.

Birinchi o'yinlar 1896 yil 6 apreldan 15 aprelgacha Afinada bo'lib o'tdi. Unda 13 mamlakat vakillari ishtirok etishdi – jami 311 sportchi, ularning barchasi erkaklar edi. O'yinlar dasturiga 43 sport turi kiritilgan. Umumiy hisobda 43 ta medal qo'lga kiritildi, eng ko'p medalni yunon sportchilari jamg'ardi, 2-o'rinda 20 ta medal bilan AQSH jamoasi, uchinchi o'rinda esa 13 ta medalni qo'lga kiritgan Germaniya egalladi. CHili, SHveciya va Bolgariyadan kelgan sportchilar sovrinsiz uyiga qaytishdi.

Birinchi o'yinlarning natijalari shunchalik tasirli va muvaffaqiyatli bo'lganki, Greciya hukumati ularni har doim o'z hududida o'tkazishni taklif qildi. Ammo XOQ mamuriyati joyni har 4 yilda bir marta o'zgartirishga qaror qildi.

Keyingi ikki to'rt yillik Olimpiya o'yinlari uchun juda qiyin bo'ldi, chunki ular Parijda (1900) va Sent-Luisda (1904) bo'lib o'tgan Butunjahon ko'rgazmalari bilan bir vaqtda o'tkazilgan.

Olimpiya harakati asta-sekin o'sib bordi va 1913 yilga kelib XOQ tomonidan tasdiqlangan o'z madhiyasi, gerbi va bayrog'iga ega bo'ldi. Olimpiya ramzi beshta – ko'k, sariq, qora, yashil va qizil rangdagi o'zaro birlashgan halqadir. Ular dunyoning besh qitasi sportchilari jam bo'lishini anglatadi. Milliy Olimpiya qo'mitalari har doim beshta halqadan foydalangan holda o'z emblemalarini yaratishgan. Olimpiya harakatining shiori: Tezroq, Balandroq, Kuchliroq – lotincha Citius, Altius, Fortius so'zlarining tarjimasi. Rasmiy bayroq 1914 yilda Parijda tasdiqlangan. Tashqi ko'rinishi oq mato bo'lib, uning o'rtasida beshta halqa bor.

Yana bir muhim ramz – bu Olimpiya mashalasi. U mezbon shaharda alanga va bahslar tugaguncha yonib turadi. 1928 yilda anana qayta tiklandi va u qadimgi Yunonistonda alanga oldirilgan. Olimpiya ramziga 1968 yilda Mexiko shahrida bo'lib o'tgan yozgi o'yinlarida paydo bo'lgan tumor ham kiritilgan. Olimpiya Xartiyasiga binoan tumor shaxs, ertak qahramoni yoki hayvon bo'lishi mumkin. Bu asosiy sport voqeasi mezbon mamlakatining milliy xususiyatlarini aks ettiradi. Vaqt o'tishi bilan, tumor o'yinlarni qo'shimcha moliyalashtirish manbai sifatida ishlatilishi mumkin bo'lgan savdo markasiga aylandi.

124 yillik tarixi davomida 31 ta yozgi Olimpiya o'yinlari o'tkazildi, 1916, 1940 va 1944 yillardagi urushlar tufayli uch marta o'yinlar bekor qilindi. Masalan, Tokio Olimpiadasi koronavirus pandemiyasi tufayli kechiktirilganidek, O'yinlar bir necha bor muddatini o'zgartirishga qaror qilingan. Olimpiya Nizomiga binoan, olimpiada hattoki o'tkazilmagan taqdirda ham o'z sonini oladi (masalan, VI – 1916-1919 yillarda, XII – 1940-1943 yillarda, XIII – 1944-1947 yillarda).

Birinchi qishki Olimpiya o'yinlari 1924 yilda tasdiqlangan va ular dastlab yozgisi bilan bir yilda o'tkazilgan. Biroq, 1994 yildan beri ularni o'tkazish yozgi o'yinlar vaqtiga nisbatan 2 yilga o'zgargan. SHuning uchun ular o'z raqamiga ega. Hammasi bo'lib 23 ta qishki Olimpiya o'yinlari bo'lib o'tdi. Ularning so'nggisi 2018 yilda Pxyonchxanda (Janubiy Koreya) o'tkazildi. Birinchi Qishki Olimpiya o'yinlari 1924 yilda SHamonida (Franciya) bo'lib o'tdi. Qishki Olimpiya o'yinlari ikki marta Norvegiya, SHveycariya va Avstriyada
tashkil etildi.

AQSH eng ko'p o'yin o'tkazgan mamlakat, undan keyin Franciyava Buyuk Britaniya. Osiyo mamlakatlari orasida Yaponiya uch marotaba o'yinlarni o'tkazgan peshqadam davlatdir: 1964 yilda XVIII yozgi Olimpiya o'yinlari, 1972 yilda IX qishki Olimpiya o'yinlari, 1998 yilda XVIII qishki Olimpiya o'yinlari.

Avstraliya (1956 va 2000 yillarda), SHveciya (1912 va 1956) va Kanada (1976 va 1988 yillarda) Olimpiya o'yinlarini ikki marta o'tkazishga musharraf bo'lishdi.

Gollandiya, Rossiya, Belgiya, Ispaniya, Meksika, Xitoy o'yinlarni bir martadan qabul qilgan. Masalan, XXII Olimpiya o'yinlari 1980 yilda SSSR, Yugoslaviya esa 1984 yilda XIV qishki olimpiya o'yinlarini o'tkazilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing