05 dek 08:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Terens Krouford: "Pakyao "sog'in sigir" edi"
Endilikda sobiq mutlaq jahon chempioni Terens Krouford 2015 yildayoq Menni Pakyao bilan jang qilmoqchi bo'lganini aytdi.
"Men Pakyao bilan 2015 yildayoq jang qilishga harakat qilganman, lekin meni katta yulduzga aylantirmaslik uchun uni mendan yashirishgan. Menni promouterlar uchun yaxshigina pul olib keladigan "sog'in sigir" edi.
Men Mennini hurmat qilaman, to'g'ri tushuning. Lekin uni bir necha bor nokaut qilishgan. Agar boksni tushunsangiz, u men bilan jangda katta tavakkal qilishiga to'g'ri kelishini bilasiz", - dedi Krouford.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar