04 dek 20:38
Yangiliklar
Boks/MMA
O'zbek bokschilari uchun IBA Jahon chempionatidagi yurish boshlandi: ilk jangda oson g'alaba
Dubay shahrida boks bo'yicha IBA tashkilotining Jahon chempionati start oldi.
O'zbekistonlik bokschilarning musobaqadagi ishtirokini -80 kg vaznli bokschimiz Javohir Ummataliev boshlab berdi. U ilk bosqichda Seyshel Orollari vakili Dashiel Fanchettega qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq bokschimiz ustunligi ostida kechdi. To'liq davom etgan jangda Javohir 5:0 hisobida g'alabaga erishdi va ikkinchi bosqichga yo'l oldi.
Endi Javohir ikkinchi jangini Gaiti vakili Beloni Duliepriga qarshi o'tkazadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar