So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

05 dek 09:30
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

“UFC'dagi qadr topmagan chempion. Nega deyarli hech kim Pantoja bilan hisoblashmaydi?”

Teglar :  Aleksandr Pantoja
Braziliyalik ko'prog'iga munosib.

7-dekabrga o'tar kechasi Las-Vegasda yilning so'nggi raqamli turniri — UFC 323 bo'lib o'tadi. Kechaning asosiy jangida Merab Dvalishvili va Petr Yan to'qnash kelgani sababli, biroz soyada qolayotgan ikkinchi chempionlik jangi esa Aleksandr Pantoja va Joshua Van o'rtasida bo'ladi.

Eng engil vazn toifasi doimgidek soyada qoladi, chunki bu erda haqiqatan ham tomoshabop jangchilar ko'p emas. Ushbu vazndagi roster shunchalik kamki, so'nggi yillarda titul uchun imkoniyatni Stiv  Erceg  (o'sha paytda promoushendagi atigi uchta jangi va reytingda 10-o'rin) hamda debyutant (!) Kay Asakura qo'lga kiritishdi. Bunda qisman Pantojaning ham aybi bor — u chempion bo'lishidan ancha avval o'z vaznidagi barcha top jangchilarni engib bo'lgandi, endi esa shunchaki yanada ishonchliroq ko'rinib kamarni himoya qilaverayapti.

Bazan g'alati raqiblar berilishi — Pantoja yutuqlarini qadrsizlantirishga sabab bo'lolmaydi. Afsonaviy Demetrius Jonsonga qadar bu divizionda bunchalik dominant chempion bo'lmagan. Braziliyalik hozir ketma-ket sakkizta g'alabaga ega (oxirgi marta Askar Askarovga yutqazgan), ulardan to'rttasini muddatidan avval yakunlagan. Pantoja hozir divizion rekordchisi: g'alabalar bo'yicha (14 — allaqachon Mishonkani ortda qoldirgan), muddatidan oldingi g'alabalar bo'yicha (8), bo'g'ish usuli bilan g'alabalar bo'yicha (6). U divizion tarixidagi eng uzun g'alabali 2 seriyasidan biriga mualliflik qiladi, titul janglari soni bo'yicha ikkinchi o'rinda va kamar himoyalari bo'yicha ham ikkinchi o'rinda.

Bu divizion tarixidagi ikkinchi eng yaxshi jangchi — katta farq bilan. Hozir Pantoja 35 yoshda, ammo u hali ham susaymayapti, aksincha, zarba texnikasida ham rivojlanishda davom etyapti. Parterda esa u butun eng engil vazn toifasida mutlaq eng yaxshisi.  Bu holat engil vaznlarda odatda 35 yoshga kelib pasayish boshlanishini hisobga olsak, yanada hayratlanarli. Ammo Pantoja o'z natijalari bilan bu statistikaga rozi emas va rekordlarni qayta yozmoqda — bu esa albatta etirofga loyiq. CHempion esa to'xtashni rejalashtirmayapti: “Menga uch yil bering, Demetriusning himoyalar bo'yicha rekordini yangilayman. Yiliga ikki jang — bu 11 ta titul himoyasi degani. Bu rekordni yangilashni xohlayman, lekin bunga o'ralashib qolmayman”, — deydi u.

Biroq Aleksandrning takidlashicha, uni etarlicha qadrlashmaydi, natijada doim pound-for-pound reytingida ortga surib qo'yishadi. Masalan, Jek Della Maddalena P4P reytingida ilk bor paydo bo'lganida darhol Pantojadan yuqoriga qo'yilgan. Braziliyalik faqatgina Kay Kara-Francni enganidan keyingina malum darajada tan olina boshladi — o'shanda u vazn toifasidan qati nazar, eng yaxshi beshlik qatoriga ko'tarilgandi.

Pantoja ham hayratda: “Men faqat Islam Maxachevdan pastman. Besh titul jangi. Ketma-ket 8 g'alaba. Sabmishn bilan 2 g'alaba, to'rtta kamar himoyasi — raqamlar yolg'on gapirmaydi. O'zimdan yuqori deb ko'rayotgan yagona odam — bu Islam Maxachev, chunki u bunga munosib, P4P reytingini tushunishga harakat qilyapman. O'ylaymanki, ular g'alabalar sonini yoki top-raqiblarga qarshi g'alabalarni hisobga olishadi. Bilmayman, balki ular men Jek Della Maddalena kabi kimnidir yutishim kerak deb o'ylashayotgandir. Bu aqlga sig'maydi. Menimcha, eng engil divizionni hurmat qilish vaqti keldi. Joshua Van va Brendon Royval kechaning eng yaxshi jangini o'tkazishdi. Men esa Kay Kara-Franc bilan juda yaxshi jang qildim. Endi odamlar fikrini o'zgartirishi kerak. Eng engil divizion juda tomoshabop va menimcha, o'zgarishlar vaqti keldi”.

Qiziq tomoni shundaki, aynan Maxachevning o'zi Pantojani tan oladi. U UFC'ning eng yaxshi besh jangchisi ro'yxatida braziliyalikni o'zidan keyin ikkinchi o'ringa qo'ygan. Lekin shunga qaramay, ayni paytda Aleksandr UFC'ning eng past baholangan chempioni bo'lib qolmoqda. Divizionning obro'sizligi unga qarshi ishlayapti va muxlislar etiborini tortayotgan yangi yorqin jangchilar paydo bo'lgani bilan bu tasavvurni o'zgartirish juda mushkul bo'ladi.

Bundan tashqari, Pantojada medianing etiborini tortadigan jihatlar ham uncha kuchli emas. U cho'qqiga faqat mahorati evaziga chiqqan jangchilardan biri va endigina tanilishni boshlayapti.

Hozir Pantojani yana bir jiddiy sinov kutmoqda — Joshua Van promoushen tarixidagi ikkinchi eng yosh chempion bo'lishi mumkin (faqat Jon Jonsdan keyin). Umuman olganda esa Myanma vakili so'nggi bir yil ichida ham reytinglarda, ham muxlislar va rahbariyat ko'z o'ngida favqulodda tez ko'tarilib ketdi. Agar Pantoja undan ham o'ta olsa, yaqin vaqt ichida braziliyalikni kim to'xtatishi mumkinligini tasavvur qilishning o'zi qiyin bo'ladi.

Va ehtimol, shunda Aleksandr etarlicha qadrlanmagan chempion maqomidan chiqib har tomonlama hurmat qilinadigan jangchiga aylanishi mumkin.


SARVINOZ RAXMONQULOVA tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing