So’nggi yangiliklar

12:17Баҳодир Жалолов Тошкентдаги бокс оқшомида кимга қарши жанг қилиши аниқ бўлди 0 11:56III Ёшлар Осиё ўйинларида Ўзбекистон спорт делегациясига энг кўп медалларни қайси федерация тақдим этди? 0 11:35Мессини Анголага олиб келиш қанчага тушиши маълум бўлди 0 11:14Ломаченко нима сабабдан "истеъфо"га чиққанини айтди 0 10:53III Ёшлар Осиё ўйинлари. Ўзбекистон ўз иштирокини 81 та медаль билан 2-ўринда якунлади (+тўлиқ жадвал) 0 10:32"Унчалик аҳмоқ эмасман". Де Ла Хойя боксга эҳтимолий камбэк ҳақида фикр билдирди 0 10:11ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум? 0 09:50Сергей Фомин драматик баҳсда 0/6 ҳисобидаги мағлубиятни ғалабага айлантирди 0 09:29Саидёқуб Қаҳрамонов: "Ўзбекистонда жанг қилишни истардим" 0 09:08Эртага тунда ўтказиладиган UFC Fight Night 263 турнирининг тўлиқ карди 0 08:47"Арсенал" тарихий рекорд ўрнатди 0 08:262026 йилги қишги Олимпия ва Паралимпия ўйинлари учун ҳозиргача қанча чипта сотилгани маълум бўлди 0 08:05Бугун Бобур Қурбонов собиқ UFC жангчисига қарши рингга чиқади + ПОСТЕР 0 07:44"Жошуа, Дюбуа, Кабайел, Хргович..." - Паркер кейинги рақиби ҳақида гапирди 0 07:23Расман: Лучано Спалетти "Ювентус" бош мураббийи! 0

13 fev 14:03
Yangiliklar

Bolalar sporti

Zangiotada 15 mlrd so'mlik zamonaviy suv havzasi qurilishi boshlandi + FOTO

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yoshlarning sportga oshno bo'lishlari uchun imkoniyatlar yanada kengaymoqda.

Farzandlarimizni  jismoniy tarbiya va sportga mehrini uyg'otish, ularni sport bilan shug'ullanishi, sog'lom turmush tarziga amal qilishi, manaviy va jismoniy komilikka intilish tushunchalarini shakllantirish, Vatanga mehr-muhabbatli va o'z Yurti uchun g'urur-iftixor ruhida tarbiyalash har birimizning burchimiz sanaladi. 

Bu borada bolalar-o'smirlar sport maktablarida amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga loyiq, deyish mumkin. 

Xususan, Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Zangiota tumani bolalar-o'smirlar sport maktabida ham 1836 nafar o'g'il-qizlar dzyudo, erkin kurash, voleybol, boks, karate (VKF), og'ir atletika, engil atletika, badiiy gimnastika, futbol, stol tennisi, suzish, badminton, qo'l jangi, turon yakka kurashi, bel olish kurashi, kurash, taekvondo (ITF), muaytay sport turlari bo'yicha 51 nafar trenerlar qo'l ostida  muntazam mashg'ulotlarga kirishgan. 

Mashg'ulotlarga zo'r berayotgan sportchi-o'quvchilarning musobaqalardagi natijalarini ham etiroflarga sazovor deyish mumkin.

Joriy yil zangiotalik BO'SM tarbiyalanuvchilari uchun  yanayam quvonchli yil bo'lishi kutilmoqda.  Boisi, ular uchun yangidan, eng zamonaviy sport inshootlari qurilishi boshlandi. Malumotlarga ko'ra, Prezidentimizning 2019 yil 1-3 iyun kunlari Toshkent viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari ijrosini taminlash maqsadida Zangiota tumani hokimligi tomonidan Eshonguzar qo'rg'onida tuman markazini tashkil etish hamda Toshkent xalqa-avtomobil yo'li qiyofasini tubdan yaxshilash bo'yicha koncepciya ishlab chiqilgan.

Mazkur koncepciyaga muvofiq, yo'l infratuzulmasini kengaytirish, aholi uchun zamonaviy turar-joy binolarini qurish belgilangan. Eshonguzar qo'rg'oniga kirish yo'li 11 metrdan 46 metrgacha kengaytirilishi, yo'l muhofaza hududiga tushgan bino-inshootlarning buzilishi va uning o'rniga aholining uy-joyga bo'lgan talabini qondirish maqsadida ko'p qavatli zamonaviy turar-joy binolarini qurish maqsadida xorijiy investiciya mablag'larini jalb etilgan holda qurilish-montaj ishlari boshlab yuborilgan.

SHu munosabat bilan tuman markazi hisoblangan Eshonguzar qo'rg'oni markaziy shox ko'chasida joylashgan Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli Zangiota tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi tasarrufidagi yopiq suzish havzasi va stadioni ham buzilishi ko'zda tutilgan va uning o'rniga xorijiy sarmoyador “EXPECTED HOMES” qo'shma korxona shaklidagi masuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Eshonguzar qo'rg'oni, Oybek nomli MFY, A. Nabiev ko'chasida bo'sh turgan 0,42 gektar er maydonida loyiha qiymati 15 milliard so'mdan ortiq bo'lgan mablag' evaziga 25/12 o'lchamdagi, 500 o'rinli, zamon talabiga mos, barcha qulayliklarga ega, o'zgacha qiyofadagi yopiq suzish havzasi hamda unga tutash tarzda sport zali qurilishi boshlangan.

Mazkur sport majmuasida sportchi-o'quvchilar bir paytning o'zida basseynda suv sporti bilan, xotin-qizlar fitnes bilan, sport zalida badiiy gimnastika, karate (VKF), kurash, erkin kurash kabi sport turlari bilan shug'ullanish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Bu hali hammasi emas. Zangiota aholisi uchun, ayniqsa, BO'SM tarbiyalanuvchilari  uchun ushbu sport majmuaga yaqin joyda barpo etilgan Yoshlar madaniyat va istirohat bog'ining 0,90 gektarlik  erida suniy qoplamali stadion va tennis korti, voleybol maydoni, vorkaut - sport maydonchalari ham bunyod etildi va foydalanishga topshiriladi. Sport majmuani qurayotgan xorijiy investor - “EXPECTED HOMES” qo'shma korxonasi homiy sifatida  tuman markazidagi 14-sonli umumiy o'rta talim maktabiga qarashli stadionni ham tamirlashni rejalashtirgan.

Bundan tashqari qurilayotgan ko'p qavatli turar-joy binolari o'rtasida loyihaga ko'ra stadion ham qurilishi nazarda tutilgan. Darvoqe, ushbu majmuani qurayotgan “EXPECTED HOMES” qo'shma korxonasi beg'araz yordam sifatida Zangiota tumanidagi “Ubay Musaev” nomli markaziy stadionda ham mukammal tamirlash ishlarini olib bormoqda.

Bugun Zangiota tumani bolalar-o'smirlar sport maktabining sportga oshno o'g'il-qizlari, ularning ota-onalari va yaqinlari, ustoz-murabbiylarining yuz-ko'zida quvonch. Hatto, biz bilan bu borada suhbatda bo'lgan  sport maktabining murabbiy va mutaxassislari   yoshlarning sport bilan shug'ullanishlari uchun yanada shunday keng imkoniyatlar eshigi ochilayotganini, yopiq basseyn va unga tutash sport zali joriy yilning sentyabr, oktyabr oylarida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotganini takidlab o'tishdi. 

Hududda ayniqsa, yakkakurash sport turlari bilan shug'ullanish uchun sport zalining yo'qligi, borlari  ham faqatgina umumiy o'rta talim maktablarining sport zallaridan foydalanib kelinayotgani va majmua ishga tushgach esa bu kabi muammolarga barham berilishi, yana bir imkoniyatlardan biri - yaqin atrofda yashovchi xotin-qizlarning ham  majmuadagi fitnes zalidan foydalanib, sog'liklarini mustahkamlab borishi, sport bilan shug'ullanuvchilar soni ortishi, asosiysi - yoshlarning sog'lom va barkamol voyaga etishishini mamun holda to'lqinlanib gapirayotganida jon bor. 

To'g'rida, birgina eski va ko'p yillar oldin qurilgan basseyn va stadion o'rnida eng so'nggi loyihalar asosidagi zamonaviy sport majmularga ega bo'lish, o'g'il-qizlar bilan to'lgan basseyn, sport zali, sport maydonchalari, stadionlarni ko'rish, kuzatish kimni quvontirmaydi deysiz.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing