So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

20 fev 13:39
Yangiliklar

Kurash

Zangiotada yurtimiz polvonlari O'zbekiston kubogi uchun kurashmoqda

Milliy sportimiz kurash bo'yicha o'tkaziladigan har qanday ko'rinishdagi musobaqa hamisha muxlislar etiborini tortgan.

Kuni kecha Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan “Milliy gvardiya” sport majmuasida boshlangan O'zbekiston kubogi bahslarida ham shu hol kuzatildi. Bellashuvlarni tomosha qilish, o'z sportchilarini qo'llab-quvvatlash uchun Surxonu Qashqadaryo, Buxoroyu Xorazmdan kelgan ishqibozlar ilk kungi bahslarning shiddatli o'tishini taminladi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Polvon borki, ishqibozlar qo'llovidan, daldasidan kuch va manaviy ko'mak oladi. Bu safar ham shunday bo'ldi. Mamlakat kubogining dastlabki kunida erkaklar 60, 66, 73 kilogrammda, ayollar esa 48, 52, 57 kilogrammda g'oliblik uchun bellashdi.

SHiddatli o'tgan bahslarda Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Toshkent, Sirdaryo va boshqa viloyatlar sportchilari g'oliblik shohsupasiga ko'tarildi.

O'zbekiston kubogining ochilish tantanalarida, g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimlarida ishtirok etgan sport vaziri o'rinbosari SH.Mahmudov Toshkent viloyati prokurori o'rinbosari N.Halilov, Jamoat xavfsizligi universiteti rektori M.Rustamboev, mamlakat kurash federaciyasi raisi o'rinbosari U.Umarov xalqimizga xos bo'lgan mardlik, jasurlik, vatanparvarlikni o'zida aks ettira olgan milliy sportimiz kurashni ommalashtirishda bu kabi musobaqalar muhim ahamiyat kasb etishini takidladi.

Aytish lozim, o'tkazilayotgan musobaqada erkaklar va ayollar 16 vazn toifasida bahs olib bormoqda. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan sara polvonlar yakkalik va jamoaviy bellashuvlarda O'zbekiston kubogi uchun kurashmoqda.

Musobaqa 21 fevralga qadar davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing