26 apr 19:19
Yangiliklar
Zaynab Dayibekova: “Prezidentimizga bergan vadamning ustidan chiqdim”
Qahramonimiz musobaqadan so'ng o'z fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.
“2017 yil muhtaram Prezidentimiz bilan uchrashganimda ularga Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olaman, deb vada bergan edim. Xudoga shukur, bugun g'alaba qozonib, ushbu vadamning ustidan chiqdim. Fursatdan foydalanib, menga ishongan, qo'llab-quvvatlagan onajonim va barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Bu bilan dastlabki qadamni tashladik. Keyingi qadamimiz Tokio-2020 Olimpiadasining medali bo'ladi. Biz Yangi O'zbekiston yoshlari xalqaro musobaqalarda yurtimiz bayrog'ini yanada yuqorilarga ko'tarishga vada beramiz”, – dedi Tokio-2020 licenziati.
Eslatib o'tamiz, Dayibekova qilichboz qizlarimiz orasida sablya yo'nalishida Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan o'zbekistonlik ilk sportchidir. Bu bilan qilichbozlarimizning Tokio-2020 uchun qo'lga kiritgan yo'llanmalari 3 taga etdi.
Fikrlar