23 mar 14:22
Yangiliklar
Futbol
Zidan kelishuvga erishdi
Zinedin Zidan Franciya futbol federaciyasi bilan terma jamoani bosh murabbiy sifatida boshqarish bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi
Bu haqda Le Parisien xabar bermoqda.
Franciya Futbol federaciyasi rahbari Filipp Diallo yangi bosh murabbiy nomini allaqachon bilishini aytdi, lekin uning ism-sharifini oshkor qilmadi. Faqat bu lavozimga besh nafar nomzod bo'lgani va ularning hammasi francuz ekanligini takidladi.
Malumot uchun, Zinedin Zidan "Real" murabbiyi sifatida Ispaniya chempionatida ikki marta g'olib chiqqan, mamlakat Superkubogini ham shuncha marotaba yutgan, shuningdek, ECHLda uch marta zafar quchgan.
2026 yilgi jahon chempionatida Franciya terma jamoasi Senegal, Norvegiya va yana bir jamoa (keyinroq aniqlanadi) bilan bir guruhda o'ynaydi.

Havola :
Fikrlar