10 dek 10:41
Yangiliklar

Zoirovdan engilgan Aloyan WBA International chempioniga aylandi
Oqshomning markaziy jangida 2012 yilgi London Olimpiadasining bronza medal sovrindori rossiyalik Mixail Aloyan birinchi engil vazn toifasida vakant bo'lib turgan WBA International chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Aloyan nikaragualik Ermogenes Kastiloni 100-90, 98-92, 94-96 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Rio Olimpiadasi finalida hamyurtimiz SHahobiddin Zoirov aynan Aloyanni engib, oltin medalga sazovor bo'lgandi. Lekin keyinchalik doping sabab Mixailning medali olib qo'yilgan edi.
Kemerovadagi
boks kechasining yana bir qiziqarli jangida ikkinchi o'rta vaznda sobiq jahon
chempioni rossiyalik Fedor CHudinov kanadalik Rayan Fordni 119-110, 117-111,
116-112 hisobida mag'lub etib, vakant bo'lib turgan WBA International chempionlik kamariga
ega chiqdi.
Fikrlar