15 mar 08:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Zubayra Tuxugov jarrohlik stoliga yotdi + FOTO
Yarim engil vazn toifasida UFC jangchisi Zubayra Tuxugov chap oyoq tizza qismida jarrohlik amaliyotini o'tkazdi.
"Kecha tizzamni operaciya qilishdi. Tiklanish uchun 3-4 oy kerak bo'lar ekan. Yoz faslining so'nggi kunlari oktagonga qaytishimga umid bog'layapman. Barcha omad va o'zingizni extiyot qiling!", — deya o'zining Istagram sahifasida surat hamda uning ostida izoh qoldirgan Tuxugov.
Eslatib o'tamiz, Zubayra Tuxugov Rikardo Ramosga qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Lekin mashg'ulotda orttirib olingan jarohat sabab bu jang amalga oshmay qoldi. Rossiyalik 30 yoshli Zubayra hisobida 7 ta jang bo'lib, ularning 4 tasini o'z foydasiga hal qilgan. So'nggi jangida imkoniyatni boy berib qo'ygan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar