18 iyu 16:20
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/305559_220.jpg)
Zverev Hamburg Open chempionlik himoyasini boshladi
Germaniyaning Gamburg shahrida tennis bo'yicha nufuzli ATP turniri davom etmoqda.
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Aleksandr Zverev ilk davrada engil g'alabani qo'lga kiritdi. Germaniyalik tennischi musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi. U 2 soatu 19 daqiqa davom etgan bahsda ATP reytingida 114-pog'onada borayotgan niderlandiyalik Yesper De Yongga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/2, 6/2.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Zverev bahs davomida 4, De Yong esa 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 1 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ygan. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik olmon tennischisi tomonda bo'ldi - 4 ga 0. Endi Zverev Hamburg Open 1/8 finalida franciyalik Ugo Gastonga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar