06 iyu 15:59
Yangiliklar
Tennis
Zverev "Rolan Garros" 1/2 finaliga chiqdi
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Aleksandr Zverev Franciya Ochiq chempionatining yarim finali ishtirokchisiga aylandi.
Germaniyalik tennischi 1 daqiqasi kam 3 soat davom etgan 1/4 finalda ATP reytingida 11-o'rinni egallab turgan avstraliyalik Aleks De Minaurni 6/4, 7/6(5), 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Zverev katta farq bilan oldinda bormoqda - 8:2.
Uchrashuv statistikasi:
Aleksandr Zverev - 2 ta eys, 5 ta qo'shxato, 5 ta breyk
Aleks De Minaur - 3 ta eys, 4 ta qo'shxato, 3 ta breyk
Endi Zverev "Rolan Garros" turnirining final chiptasi uchun norvegiyalik Kasper Ruudga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar