04 iyu 12:16
Yangiliklar
Tennis
Zverev "Rolan Garros" 1/8 finalida 255 daqiqalik uchrashuv o'tkazdi
Franciya poytaxti Parij shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turniri davom etmoqda.
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Aleksandr Zverev nimchorak finalda ATP reytingining 13-pog'onasidan joy olgan daniyalik Xolger Runega qarshi kortga chiqdi. To'rt soatu 15 daqiqa davom etgan bahsda germaniyalik tennischi raqibini 4/6, 6/1, 5/7, 7/6(2), 6/2 hisoblarida mag'lub etishni uddaladi. .
Bu bilan Zverev tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini ham tiklab qo'ydi - 1:1. Aleksandr bahs davomida 16, Xolger esa 10 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar ikkala tennischida ham bir xil - 3 tani tashkil qildi. Breyklar bo'yicha ustunlik Zverev tomonida bo'ldi - 8 ga 6! Endi olmon tennischisi 1/4 finalda avstraliyalik Aleks de Minaurga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar