So’nggi yangiliklar

01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0 18:08"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми? 0 17:45UFC Аспиналл учун жанг ташкил этиш борасида ишламоқда, даъвогар маълум 0 17:23Топурия нега Царукян UFC 317’дан кейин чемпионлик жангида қатнашмаслигини айтди 0 17:00"Жонс барчани кутишга мажбур қилди" - Ислам Махачев 0 16:38Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди 0 16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0 15:54Ўзбекистон Кубогининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТО 0 15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0

28 jan 08:02
Yangiliklar

Tadbirlar, Tokio-2020

2021 yil rejalari MOQ rahbariyati muhokamasida

Teglar :  MOQOlimpiada
Darhaqiqat, oldimizda o'ta masuliyatli yil turibdi.

Bir necha kun muqaddam jahon minbarlarida Tokio Olimpiadasining butunlay bekor bo'lishi haqidagi mish-mishlar XOQ va Yaponiya hukumati tomonidan asossiz deb topildi. SHunday ekan, bo'lajak musobaqaga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'rish talab etiladi. Kecha O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rahbariyati federaciyalarda Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga ko'rilayotgan tayyorgarlik va boshqa bir qator mavzular bo'yicha yig'ilish o'tkazdi.

Uchrashuvni MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov olib bordi. Unda, shuningdek, Bosh kotib Oybek Kasimov, rais o'rinbosarlari Saken Polatov, Azizjon Kamilov, SHerzod Tashmatov, MOQ raisi devoni rahbari Miragzam Mirahmedov, axborot-tahlil departamenti direktori Rustam Tuktamishev ishtirok etishdi. Rustam SHoabdurahmonov uchrashuv davomida har bir federaciyalarda Olimpiya o'yinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik, terma jamoalar uchun tashkil qilinayotgan yig'inlar, licenzion musobaqalar davri, Olimpiya o'yinlarida shohsupaga ko'tarilgan sportchi va uning murabbiylarini qanday rag'batlantirish, Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlari uchun selekciya ishlarini olib borish kabi masalalar bo'yicha suhbat o'tkazdi.

SHuningdek, yig'ilish kun tartibidan yil davomida Toshkentda o'tkaziladigan yirik musobaqalarga tayyorgarlik mavzusi ham o'rin oldi. Malumki, mart oyining o'zida ilk bor poytaxtimizda o'tadigan dzyudo bo'yicha «Katta Dubulg'a» turniri, professional bokschimiz Murodjon Ahmadalievning chempionlik kamarlarini himoya qiluvchi jangi kutib turibdi. SHubhasiz, bu va boshqa yirik musobaqalarga hozirgi epidemiologik davrdan kelib chiqib, munosib tayyorgarlik ko'rish talab etiladi.

“Tokio Olimpiadasiga puxta tayyorgarlik doimo etiborimiz markazida bo'lishi kerak. Xalqimiz, Prezidentimiz bizdan chiroyli g'alabalar kutishmoqda. SHuningdek, muhtaram yurtboshimiz mamlakatimizda ommaviy sport targ'iboti, yoshlarimizning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanib borishlariga alohida etibor qaratmoqdalar. Bizni oldinda kutib turgan ikki musobaqa buning uchun tayyor voqelik. Bular orqali sog'lom turmush tarzini yoshlarimiz orasida keng targ'ib qilishimiz lozim”, – dedi MOQ raisi.

Rustam SHoabdurahmonov suhbat davomida sport targ'ibotini Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, mahalliy va xususiy telekanallar, internet nashrlari va blogerlar bilan hamkorlikda amalga oshirish bo'yicha o'z tavsiyalarini berib o'tdi. 

SHuningdek, Prezidentimiz ilgari surayotgan manaviy barkamollik, milliy mafkura yo'nalishlari bo'yicha ham sportchilarimizning ruhiyatini, bilimini oshirish masalalariga ham to'xtalib o'tdi. Suhbat yakunida kun tartibi va boshqa bir qator masalalar bo'yicha atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing